Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari Shvetsariyada
28.11.2023 2023-12-04 11:52Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari Shvetsariyada
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.Sanoyeva xizmat safari davomida O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligining Shvetsariyadagi rasmiy vakili G.Rustamova bilan birgalikda Jeneva (Shvetsariya) shahridagi Top-1000 talik reytingida birinchi 50talikni egallagan Jeneva universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Tibbiyot sohasini xalq uchun muqobillashtirish doirasida sog’lomlashtirish markazlarini tashkil etish forumida qatnashib nufuzli professor-o’qituvchilar, olimlar va amaliyot shifokorlari bilan muloqot o’tkazishdi.
Markazning bosh direktori O’zbekiston respublikasiga qiziqishi borligi va Tibbiyotga oid xamkor loyihalarni birga olib borish taklifini bildirdi. Bundan tashqari tadbirda universitet rektori, dekan hamda prorektorlari ishtirok etishdi.