Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari Xitoydagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda
04.06.2026 2026-06-05 16:24Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari Xitoydagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda
Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari Xitoydagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda
Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida Markaziy Osiyo ta’lim almashinuvi xalqaro markazida “O‘zbekiston–Xitoy ta’lim va hamkorlik sohasida almashinuv” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Nufuzli anjumanda Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasida ta’lim, ilm-fan hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish, qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash masalalari muhokama qilinmoqda.


Mazkur konferensiya mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish hamda innovatsion va ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash nuqtayi nazaridan alohida ahamiyat kasb etadi.
Anjumanda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti nomidan ,yoshlar ishlari bo‘yicha prorektor Zubayda Bahronova hamda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Laziz Niyazov ishtirok etmoqda.
Konferensiya doirasida ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish hamda qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish yuzasidan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


