BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI XALQARO FAKULTETI TALABASI RESPUBLIKA TANLOVIDA G‘OLIB BO‘LDI
19.10.2026 2026-10-18 13:51BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI XALQARO FAKULTETI TALABASI RESPUBLIKA TANLOVIDA G‘OLIB BO‘LDI
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI XALQARO FAKULTETI TALABASI RESPUBLIKA TANLOVIDA G‘OLIB BO‘LDI
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining Xalqaro fakultetida tahsil olayotgan talabalar respublika miqyosidagi ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritmoqdalar.
Xususan, institut Xalqaro fakulteti talabasi Ruksana “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib yangi hayot va kelajak yaratamiz” respublika ijodiy ishlar tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ushbu muvaffaqiyat talaba-yoshlarning ijodiy salohiyati, intilishi hamda davlat tili, milliy qadriyatlar va Vatan ravnaqiga bo‘lgan yuksak ehtiromining amaliy namunasidir.


Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati