Buxoro davlat tibbiyot instituti xodimlari Xo‘jayli aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda
25.07.2022 2022-07-26 8:52Buxoro davlat tibbiyot instituti xodimlari Xo‘jayli aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda
Buxoro davlat tibbiyot instituti xodimlari Xo‘jayli aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda
Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tibbiyot xodimlaridan, iborat ishchi guruh xizmat safari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida bo‘lib turibdi.
Ekologik vaziyat murakkab bo‘lgan Orolbo‘yi mintaqasida Buxorodan borgan malakali mutaxassis qoraqalpog‘istonlik hamkasblari bilan birgalikda aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.
Ishchi guruh tarkibidagi hamshiralar ham hududdagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va uning filiallari, oilaviy tibbiyot muassasalarida mahorat darslari, patronaj hamshiralariga amaliy yordam berish, ularning ko‘nikmalarini oshirish tadbirlarini olib bormoqda.
Xo‘jayli tumanining uzoq hududlaridagi patronaj hamshiralari uchun tashkil etilgan “Mahorat darslari”mizda universal progressiv model asosida homilador va yosh bolali ayollar, shuningdek, besh yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlarga xizmat ko‘rsatadigan birlamchi tibbiyot-sanitariya muassasalari faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha amaliy faoliyatlar olib borilmoqda.
Buxorolik tor soha mutaxassislaridan iborat mobil tibbiy brigadalar ovul poliklinikalarida aholi salomatligini nazoratdan o‘tkazmoqda. Buxoro DTIning malakali professorlari tumanning Aybek mahallasidagi oilaviy poliklinikada aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, tegishli tavsiyalarini berimoqda.
Ma’lumot uchun, ayni kunda Saroyko‘l, Somonko‘l, Naymanko‘l, Ko‘lob, Amudaryo, Begjap, Kenagas, Sariganko‘l, Janajap kabi qishloq ovullari va 18 ta mahalladan tarkib topgan Xo‘jayli tumanida yashovchi 125 ming aholiga 3 ta shifoxona, 5 ta poliklinika, 9 ta qishloq vrachlik punkti xizmat ko‘rsatmoqda.