BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Buxoro davlat tibbiyot instituti yana bir nufuzli olimpiadaga mezbonlik qildi

photo_2024-05-28_11-00-00

Buxoro davlat tibbiyot instituti yana bir nufuzli olimpiadaga mezbonlik qildi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Onkologiya, Tibbiy radiologiya va yadro tibbiyoti, Xirurgiya, Anesteziologiya va reanimatologiya yo’nalishlari bo’yicha “Diagnostikadan davolashgacha, multidisiplinar tibbiyot” IV Respublika olimpiadasi o’tkazildi .

Mazkur olimpiadadan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning tibbiyotning turli yo‘nalishlariga qiziqishini oshirish, bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, talabalarning bilim olishga ilmiy-ijodiy yondashuvlarini targ‘ib qilishdan iborat. Olimpiadada Respublikamizdagi barcha tibbiyot oliygohlari talabalari ishtirok etdi.