BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Buxoro davlat tibbiyot institutida “Ayol -jamiyat-siyosat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Ayol -jamiyat-siyosat mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi 1

Buxoro davlat tibbiyot institutida “Ayol -jamiyat-siyosat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Ayollar va qizlarning ilm-fan bilan to‘laqonli foydalanishlariga teng imkoniyatlar yaratilishi, shuningdek xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirish maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar” to‘g‘risida rezolyusiyada 11 fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni deb e’lon qilingan.

Mazkur sanaga  bag‘ishlab “Ilmli ayollar – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida ilmiy-amaliy ma’naviy-ma’rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar haftaligi e’lon qilingan. Haftalik doirasida Buxoro davlat tibbiyot institutida xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.