BuxDTI matbuot xizmati Sport tadbirlari Talabalar hayoti

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA STRITBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

1fad86d1-4954-41e3-a009-be1a2ffc4b69

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA STRITBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stritbol bo‘yicha institut bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
​Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy kechgan musobaqada qizlar hamda yigitlar jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdilar.

​Qizlar o‘rtasida:

— 1-o‘rin: Davolash fakulteti jamoasi;
— 2-o‘rin: Pediatriya fakulteti jamoasi;
— 3-o‘rin: “Turkiya tibbiyoti 1” jamoasi.


​Yigitlar o‘rtasida:

— 1-o‘rin: “Biotibbiyot 230” jamoasi;
— 2-o‘rin: Xalqaro fakultet jamoasi;
— 3-o‘rin: Tibbiyot fakultetining “APEX-5” jamoasi.

​Musobaqa talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlar o‘rtasida jamoaviylik va do‘stlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati