BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” SPORT MUSOBAQALARI DAVOM ETMOQDA
20.10.2026 2026-10-20 20:40BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” SPORT MUSOBAQALARI DAVOM ETMOQDA
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” SPORT MUSOBAQALARI DAVOM ETMOQDA
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligi va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalari qizg‘in davom etmoqda.
Ayni kunlarda futbol va stritbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan bellashuvlarda talabalar o‘zaro kuch sinashib, mahorat, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etmoqdalar.
Bunday sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, do‘stlik va birdamlik muhitini mustahkamlash hamda ularning har tomonlama kamol topishiga xizmat qiladi.



Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati