BuxDTI matbuot xizmati Konferensiya

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA BIOLOGIYA VA TIBBIYOT INTEGRATSIYASIGA BAG‘ISHLANGAN XALQARO KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI

6f517ef9-6c8e-45dd-a059-869a6bc60cb4

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA BIOLOGIYA VA TIBBIYOT INTEGRATSIYASIGA BAG‘ISHLANGAN XALQARO KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI

​2026-yil 15-oktabr kuni Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Biologiya va tibbiyot integratsiyasi: ta’lim, innovatsiya va sun’iy intellekt istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.
​Anjuman biologiya va tibbiyot fanlari integratsiyasini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim va ilmiy tadqiqotlarda innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlandi.
​Konferensiya doirasida tibbiy biologiyaning zamonaviy tendensiyalari, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning tibbiyotdagi samaradorligi, molekulyar-biologik tadqiqotlarning ahamiyati hamda xalq tabobatining fundamental va klinik tibbiyot bilan integratsiyasi kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi.

​Shuningdek, noinfeksion kasalliklarni o‘rganishda biotibbiy yondashuvlar, ularning oldini olish va davolashda xalqaro tajriba hamda zamonaviy ilmiy yechimlarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

​2026-yil 15–16-oktabr kunlariga mo‘ljallangan ushbu xalqaro konferensiya olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar o‘rtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda biologiya va tibbiyot sohalarida yangi ilmiy izlanishlarga zamin yaratishga xizmat qiladi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati