BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot institutida Birinchi O‘zbekiston–Rossiya forumi bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston–Rossiya forumi bo‘lib o‘tmoqda1

Buxoro davlat tibbiyot institutida Birinchi O‘zbekiston–Rossiya forumi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun Buxoro davlat tibbiyot institutida “Yevrosiyo hududida ruhiy salomatlikni himoya qilish: global maqsadlar va harakatlar” mavzusidagi Birinchi O‘zbekiston–Rossiya forumi o‘z ishini boshladi.

Anjumanni institut rektori Shuhrat Jumayevich Teshayev kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z nutqida forumning ruhiy salomatlikni muhofaza qilish, zamonaviy ilmiy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyatini ta’kidladi.

Tadbirda nufuzli xorijiy va mahalliy professor-o‘qituvchilar, yetakchi mutaxassislar hamda ekspertlar ishtirok etmoqda. Ular psixiatriya va narkologiya sohalaridagi dolzarb masalalar, milliy xizmatlarni rivojlantirish hamda ilmiy yutuqlarni amaliyotga tatbiq etish yo‘nalishida fikr almashmoqdalar.