BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot institutida bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Bugun, joriy yilning 12-may kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot1

Buxoro davlat tibbiyot institutida bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Bugun, joriy yilning 12-may kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti faollar zalida Peshku tuman hokimi Hayot Davlatov hamda institut bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida Peshku tumani hokimi bitiruvchi talabalarga murojaat qilib, ularni samimiy tabrikladi va o‘zlarining kasbiy faoliyatlariga dadil qadam qo‘yishlariga tilak bildirdi.

Shuningdek, hokim yoshlar oldida turgan dolzarb vazifalar, sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar hamda tuman miqyosida tibbiy xizmatlarni yanada takomillashtirish borasidagi rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi. U bitiruvchilarga Peshku tumanida faoliyat yuritish uchun mavjud imkoniyatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari, jumladan, yashash joyi, ish bilan ta’minlash va boshqa rag‘batlantiruvchi dasturlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Institutning rektori Sh.Teshayev so‘zga chiqib, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini yuqori baholadi hamda ularni halol, vijdonan mehnat qilishga, tibbiyot kasbining yuksak mas’uliyatini doimo his qilib yashashga undadi.

Uchrashuv yakunida ochiq muloqot tarzida savol-javoblar o‘tkazilib, bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir iliq va samimiy ruhda o‘tdi, bitiruvchilar esa bunday uchrashuvlar ularning kelajakdagi faoliyatiga ishonch bag‘ishlashini ta’kidladilar.