BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot institutida Davlat attestatsiya komissiyasi raisi professor Husnitdin Irisaliev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Davlat attestatsiya komissiyasi raisi1

Buxoro davlat tibbiyot institutida Davlat attestatsiya komissiyasi raisi professor Husnitdin Irisaliev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Buxoro davlat tibbiyot institutiga Davlat attestatsiya komissiyasi raisi sifatida yuborilgan professor Husnitdin Irisaliev institut rektori Shuhrat Teshaev hamrohligida bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida professor Irisaliev talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lib, ularning ta’lim jarayoni, kasbiy tayyorgarlik darajasi hamda kelgusidagi mehnat faoliyatiga oid fikr va takliflarini tingladi. Talabalarga mutaxassislikka oid amaliy tavsiyalar berildi.

Tashrif doirasida professor Irisaliev institutning bir qator muhim obyektlari — Axborot-resurs markazi (ARM), zamonaviy smart issiqxona va klinika faoliyati bilan tanishdi. Mazkur markazlar ta’lim va ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etishda muhim o‘rin tutayotgani alohida ta’kidlandi.