Buxoro davlat tibbiyot institutida ERASMUS+ doirasidagi hamkorliklar kengaymoqda
02.03.2026 2026-03-03 16:46Buxoro davlat tibbiyot institutida ERASMUS+ doirasidagi hamkorliklar kengaymoqda
Buxoro davlat tibbiyot institutida ERASMUS+ doirasidagi hamkorliklar kengaymoqda
Buxoro davlat tibbiyot institutida ERASMUS+ xalqaro ta’lim dasturi doirasida hamkorlik aloqalari izchil rivojlanmoqda. Institut xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy o‘quv dasturlarini joriy etish va ilmiy salohiyatni mustahkamlash yo‘nalishida samarali ish olib bormoqda.
ERASMUS+ loyihalari doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma seminar va treninglar, ilmiy-tadqiqot tashabbuslari hamda akademik mobillik dasturlari yo‘lga qo‘yilgan. Bu jarayonlar xalqaro tajribani o‘rganish va uni milliy ta’lim tizimiga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.



Mazkur hamkorliklar institutning global ta’lim maydonidagi o‘rnini mustahkamlash, zamonaviy tibbiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda.






























Buxoro davlat tibbiyot instituti kelgusida ham ERASMUS+ doirasidagi loyihalarda faol ishtirok etib, xalqaro aloqalarni yanada kengaytirishni maqsad qilgan.