BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot institutida faxrli e’tiroflar topshirildi

Buxoro davlat tibbiyot institutida faxrli e’tiroflar topshirildi1

Buxoro davlat tibbiyot institutida faxrli e’tiroflar topshirildi

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida oliy ta’lim tizimidagi fidokorona mehnat va yuksak samaradorlikni e’tirof etuvchi tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida institut rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Shuhrat Teshayevga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tashakkurnomasi topshirildi.

Mazkur e’tirof institut jamoasi tomonidan so‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirish yo‘lidagi samarali faoliyatining e’tirofi sifatida berildi.

Shuningdek, tibbiyot fanlari doktori, professor Salim Davlatovga oliy ta’lim tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yosh mutaxassislar tayyorlashdagi fidokorona xizmati hamda ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi uchun “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining viloyat boshqarmasi boshlig‘i Azamat Naimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda oliy ta’limni rivojlantirish, ilm-fan va innovatsiyalarni integratsiya qilish borasida olib borilayotgan tizimli islohotlar haqida so‘z yuritdi.

U Buxoro davlat tibbiyot institutining so‘nggi yillardagi yutuqlarini alohida e’tirof etar ekan, jamoaning fidokorona mehnatini yuksak baholadi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i tomonidan institut xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, professor Laziz Niyazovga ham “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Azamat Naimov o‘z nutqida shunday ta’kidladi:
“Bugungi kunda oliy ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, uni xalqaro mezonlarga moslashtirish yo‘lida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Buxoro davlat tibbiyot instituti bu jarayonlarda faol ishtirok etib, respublika tibbiyot sohasiga salohiyatli mutaxassislar tayyorlashda o‘z o‘rniga ega.”