Buxoro davlat tibbiyot institutida Isroillik professorlar tashrif buyurdi
24.06.2023 2023-06-26 9:39Buxoro davlat tibbiyot institutida Isroillik professorlar tashrif buyurdi
So‘nggi yillarda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda.
10 ga yaqin davlatlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari, rivojlangan tibbiyot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda malaka oshirish va stajirovkalar tashkillashtirilayotgani hamda xorijiy safarlar va ularning yuqori samaradorligi buni o‘zida aks ettirmoqda.
Bugun institutda Isroil davlatining Tel – Aviv universiteti professori Tatiyana Yurievna va Texnion universiteti (Xayfa shahrida joylashgan) dotsenti Korenblyum Semyon Mendelevich tashrif buyurdi. Mutaxassisligi nevrolog-psixoterapevt bo‘lgan mazkur olimlarni institut rektori Shuhrat Teshayev qabul qilib, institutda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, yangi kampusdagi texnologiyalar, Simulyatsion markaz, klinika imkoniyatlari bilan tanishtirdi. Yaqin Sharqdan kelgan mutaxassislar oliygohning bugungi imkoniyatlariga yuqori baho berishdi.
Akademik mobillik bo‘yicha tashrif buyurgan mazkur olimlar institutning 5 kurs talabalariga “insonning harakatlanishining buzilishi, Parkinson kasalligi, Xoreya kasalligi, insultning asoratlari kabi mavzularda ma’ruzalar qilib, bevosita bu jarayonni bemorda ko‘rsatib berdi.
Isroillik mutaxassislarning Buxorodagi faoliyati davom etmoqda.Avvalroq, joriy yilning mart oyida Isroilning Ariel universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolangan va BuxDTI rahbariyati xizmat safari bilan bu davlatda bo‘lib qaytgan edi.