Buxoro davlat tibbiyot institutida IT-Park institut markazining ochilishi, hamda “Top 10 innovator” va “Ideathon Uzbekistan 2030” tanlovlari o’tkazildi
20.02.2024 2024-02-23 9:30Buxoro davlat tibbiyot institutida IT-Park institut markazining ochilishi, hamda “Top 10 innovator” va “Ideathon Uzbekistan 2030” tanlovlari o’tkazildi
Buxoro davlat tibbiyot institutida IT-Park institut markazining ochilishi, hamda “Top 10 innovator” va “Ideathon Uzbekistan 2030” tanlovlari o’tkazildi
Joriy yilning 16-fevral kuni Buxoro davlat tibbiyot institutida IT-Park institut markazining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda O’quv ishlari bo’yicha prorektor G.J.Jarilkasinova, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor M.J.Sanoyeva, Buxoro viloyat raqamlashtirish sho’basi mudiri A.A.Yaxshiyev, IT-Park Buxoro viloyat rahbari S.X.Safarov, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro viloyat boshqarma boshlig’i A.H.Naimov, BDTI ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i S.S.Davlatov, Raqamli ta’lim texnologiyalari markaz direktori M.I.Zairov Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi boshlig’i Sh.A.Sherov Medicow markazi direktori S.Sh.Farmonovlar ishtirok etishdi.
Ochilish marosimidan so’ng “Top 10 innovator” va “Ideathon Uzbekistan 2030” tanlovlari o’tkazildi unda institutning talabalari o’z loyihalari bilan qatnashdilar. “Top 10 innovator” tanloviga o’zining innovatsion loyihalari bilan Sh.Zayniyev, Z.Mutallimova, G.Urinova, Sh.Obloberdiyeva kabi talabalarimiz ishtirok etishdi.
“Ideathon Uzbekistan 2030” tanloviga tibbiyot uchun muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy g’oyalarning taqdimoti o’tkazildi. Taqdimot davomida M.Nurmurotov, Sh.Zayniyev, G.Urinova, Z.Rahimov kabi talabalarning ilmiy g’oyalari ko’rib chiqildi.
Hakamlar hay’atining taklifiga ko’ra ushbu loyihalarni kengaytirib, shakllantirilib har oyda o’tkazilishi taklifi berildi. Loyihalar Intellektual mulk agentligiga topshiriladigan darajada mukammal holatiga yetishi uchun seminarlar tashkil qilinishi va shundan so’ng loyihalarni reytingi tuzilib taqdirlash amalga oshirilishi aytib o’tildi.