BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi

c4c38a52c94851b328b32 (1)

Buxoro davlat tibbiyot institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 31-oktabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida, viloyat hokimining o‘rinbosari Erkin Majidov, Respublika Din ishlari qo‘mitasi viloyat boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, ekspert Qudratov Erkin, Buxoro shahar bosh imom-xatibi Avezov Otabek, institut rektori Shuxrat Teshayev? yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari bo’yicha birinchi prorektor Zubayda Bahronova ishtirokida ishtirokida talabalarning ilg’or g’oya, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish, ularning muommolarini hal qilish yuzasidan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida talabalar internetdagi turli tahdidlar va ulardan himoyalanishga qaratilgan ibratli kinofilm tomosha qilishdi.

Kinofilmni tomosha qilingandan soʻng, “Jaholat”, “Ma’rifat” tushunchalari, “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili o‘rtasidagi tinchlik va barqarorlik, globallashuv jarayoni, “ommaviy madaniyat”, ma’rifatparvar, tinchlikparvar, butun insoniyatga faqat yaxshilikni ta’lim berguvchi Islom dini xususida batafsil ma’lumotlar berilib, fikr almashildi. Xususan shahar bosh imim xatibi Otabek Avezov rivoyatlar va dinimzidagi bu haqida ibrat qilib ko’rsatilgan rivoyatlardan misol keltirib, talabalarga ochiq axborot tizimlaridan foydalanishda axborot psixologik xavfsizlik qidalaiga rioya qilishga chaqirdi.

Shuningdek, tadbirda Islom dinini niqob qilgan buzg‘unchi oqim va harakatlarning g‘ayriislomiy faoliyatlari mohiyati aniq faktlar asosida ochib berildi. Uchrashuv so‘ngida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi. Unda davlat va din munosabatlari, islom dinining asl mohiyati, radikal, ekstremistik g‘oyalar to‘riga ilinishning ayanchli oqibatlari, mazkur jarayonlarda Prezidentimiz tomonidan eng yuqori minbarlar orqali ilgari surib kelinayotgan “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” g‘oyasining ahamiyati tobora ortib borayotgani ta’kidlandi.  

Tadbirdan so’ng institutda tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o’yini g’oliblari ham mehmonlar tomonidan taqirlandi.