Buxoro davlat tibbiyot institutida Janubiy Koreyalik talabalar amaliyot o‘tashdi
19.07.2022 2022-07-21 8:16Buxoro davlat tibbiyot institutida Janubiy Koreyalik talabalar amaliyot o‘tashdi
Buxoro davlat tibbiyot institutida Janubiy Koreyalik talabalar amaliyot o‘tashdi
Buxoro davlat tibbiyot instituti Janubiy Koreyaning bir qator universitet va nufuzli tibbiyot muassasalari bilan muntazam hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Ayni paytda mamlakatimizdagi OTMlar ichida xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish borasida yetakchi o‘rinda turgan institut xalqaro tashkilotlar bilan imzolangan memoriandum va shartnomalar bilan ishlashda davom etmoqda.
Joriy yilning 6 may kuni bu davlatning Degu Xaani universiteti ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Kelishuvga ko‘ra endilikda BuxDTI va Degu universiteti bilan hamkorlikda talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda kelgusida Xalq tabobati yo‘nalishida qo‘shma hamkorlik dasturi asosida ta’lim yo‘nalishi tashkil etilishi rejalashtirildi.
Iyun oyi oxirida Degu Xani universitetidan bir guruh talabalar yurtimizga tashrif buyurib, uch hafta davomida Buxoro davlat tibbiyot institutida Xalq tabobati yo‘nalishida tashkil etilgan yozgi maktabda tahsil olishdi.
Bugun mazkur talabalargi institut rektori Shuxrat Teshaev sertifikatlarni topshirdi. Endilikda kelgusi semestrdan boshlab, Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalarini hamda professor -o‘qituvchilarini ham mazkur universitetga akademik mobillik dasturi doirasida yuborilishi kutilmoqda.