Buxoro davlat tibbiyot institutida “Karyera kuni” tashkil etildi
15.02.2025 2025-02-17 9:31Buxoro davlat tibbiyot institutida “Karyera kuni” tashkil etildi

Buxoro davlat tibbiyot institutida “Karyera kuni” tashkil etildi
Bugun, 15 fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Tibbiy profilaktika yo‘nalishi bitiruvchilari uchun “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi va ishga taqsimot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Buxoro viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i A.A. To‘xtayev, hududiy SEO va JSB rahbarlari, shuningdek, institut rektori Sh.Teshayev ishtirok etishdi. Tadbir davomida bitiruvchilarga viloyat va tumanlardagi vakant ish o‘rinlari haqida ma’lumot berilib, ishga joylashish bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirildi.

Tibbiy profilaktika yo‘nalishining 64 nafar bitiruvchisi ish beruvchilar bilan uchrashib, ishga joylashish bo‘yicha takliflar oldi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy o‘quv yilida Buxoro davlat tibbiyot institutida 1560 nafar bitiruvchi diplom olish arafasida. Ulardan 1317 nafari bakalavr, 17 nafari magistratura, 226 nafari esa klinik ordinatorlardir.

Tibbiyot sohasidagi yosh mutaxassislarning ish bilan ta’minlanishiga qaratilgan bunday tadbirlar davom etadi.
