BuxDTI matbuot xizmati Kelajakka qadam

Buxoro davlat tibbiyot institutida “Kelajakka qadam” — bitiruvchilar bandligini ta’minlashda zamonaviy yondashuv

Bitiruvchilar bandligini ta’minlash yo‘lida muhim uchrashuv4

Buxoro davlat tibbiyot institutida “Kelajakka qadam” — bitiruvchilar bandligini ta’minlashda zamonaviy yondashuv

✅ Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida  institut rektori Shuxrat Jumaevich Teshaev boshchiligida Biotibbiyot fakulteti bitiruvchi talabalari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazilmoqda. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-sonli “Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan muloqotida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash hamda bitiruvchilarning bandligini samarali tashkil etish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda “O‘ZMILLIYBANK” AJ Buxoro viloyat bosh boshqarmasi boshqaruvchisi Obid Shodiyev ishtirok etib, bank tomonidan yoshlar uchun hayotga tatbiq etilayotgan “Kelajakka qadam” dasturining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, “biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” bo‘lgan jarayon tushuntirildi.

“O‘zmilliybank” tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar paketlari, biznes-reja tuzish, tadbirkorlik kreditlari va ularni rasmiylashtirish jarayoniga oid amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Ayni damda uchrashuv samimiy ruhda, talabalarning savollari va qizg‘in fikr almashishlari bilan davom etmoqda.