BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot institutida kiberxavfsizlik bo‘yicha onlayn seminar bo‘lib o‘tdi

Buxoro davlat tibbiyot institutida kiberxavfsizlik bo‘yicha onlayn seminar bo‘lib o‘tdi1

Buxoro davlat tibbiyot institutida kiberxavfsizlik bo‘yicha onlayn seminar bo‘lib o‘tdi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida ijtimoiy tarmoqlarda soxta profillar orqali amalga oshirilayotgan kiberfiribgarlik holatlarining oldini olish hamda xodimlarning raqamli savodxonligini oshirish maqsadida “Soxta profil va kiberfiribgarlikni aniqlash” mavzusida onlayn seminar–trening tashkil etildi.

Mazkur tadbir Buxoro viloyati hokimligi apparatining tegishli xati ijrosini ta’minlash hamda institut rektorining buyruq hujjatiga muvofiq ravishda o‘tkazildi. Seminar Zoom platformasi orqali tashkil etilib, unda institutning barcha xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ijtimoiy tarmoqlarda yuqori lavozimli mansabdor shaxslar nomidan yaratilayotgan soxta akkauntlar orqali xodimlarni chalg‘itish, noqonuniy topshiriqlar berish va moliyaviy zarar yetkazish kabi holatlar yuzasidan batafsil profilaktik tushuntirishlar berildi.

Seminar jarayonida ishtirokchilarga:
— soxta akkauntlardan yuborilayotgan topshiriqlarni tekshirish tartibi;
— moliyaviy va axborot xavfsizligiga tahdidlarni aniqlash usullari;
— real vaziyatlarga yaqin amaliy keyslar;
— mutaxassis va ekspert tavsiyalari;
— savol-javob sessiyasi taqdim etildi.

Tadbirni tashkil etish va muvofiqlashtirish institutning Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi tomonidan amalga oshirildi. Seminar yakunida qatnashuvchilar ro‘yxati shakllantirilib, tegishli hisobot hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.

Mazkur seminar xodimlarda axborot xavfsizligi madaniyatini mustahkamlash, kiberfiribgarlik xavflariga nisbatan ogohlikni oshirish hamda raqamli muhitda xavfsiz faoliyat yuritish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.