BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Buxoro davlat tibbiyot institutida Koreys tili markazi ish boshladi

photo_2024-07-04_09-42-26

Buxoro davlat tibbiyot institutida Koreys tili markazi ish boshladi

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Janubiy Koreyaning bir qator universitet va nufuzli tibbiyot muassasalari bilan muntazam hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Ayni paytda mamlakatimizdagi OTMlar ichida xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish borasida yetakchi o‘rinda turgan institut xalqaro tashkilotlar bilan imzolangan memoriandum va shartnomalar bilan ishlashda davom etmoqda.

2022 yilning 6 may kuni bu davlatning Daegu Haany universiteti ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Bugun mazkur davlatdan nufuzli mehmonlar institutga tashrif buyurishdi. Jumladan, Daegu Haany universiteti rektori BYUN Chang Hoon, hamkorlik masalalari bo’yicha mas’ul HWANG Sezin, BDTI va koreys universiteti loyiha direktori Hyung Woo va boshqalar, institut klinikasi, o’quv bazasi hamda axborot resurs markazi faoliyatiga yuqori baho berishdi. Shuningdek, xalq tabobatini rivojlantirish loyihalarini kuchaytirish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi. Kunning ikkinсhi yarmida K-Medi Silk Road markaz va Buxoro davlat tibbiyot institutida Qirol Sejong nomidagi koreys tili markazining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Endilikda, institut talabalari va professor-o’qituvchilari hamda keng jamoatchilik vakillari mazkur markazda koreys tilini mukammal o’zlashtirish imkoniga ega bo’lishadi.