Buxoro davlat tibbiyot institutida ma’naviy tadbirlar davom etmoqda
08.02.2024 2024-02-10 10:33Buxoro davlat tibbiyot institutida ma’naviy tadbirlar davom etmoqda

Buxoro davlat tibbiyot institutida ma’naviy tadbirlar davom etmoqda
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “O’zbekiston umumiy uyimiz” shiori ostida Qoraqalpoq madaniyati kunlari mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Institut rektori Shuhrat Teshayev tadbirni ochib berdi.


Shuningdek, tadbirda so’zga chiqqan yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari bo’yicha birinchi prorektor Zubayda Bahranova talabalar do’stlik totuvlik haqida o’z fikrlarini bildirdi.


Talabalar tomonidan Qoraqalpoq madaniyati, urf odatlari to’g’risida bayram dasturi namoyish etildi.


✔️ Ma’lumot uchun: Buxoro davlat tibbiyot institutida 150 nafardan ortiq qoraqalpoq talabalar tahsil oladi.