BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI O‘TKAZILADI
12.10.2026 2026-10-12 10:22BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI O‘TKAZILADI
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI O‘TKAZILADI
Buxoro davlat tibbiyot institutida yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish, kitobxonlik va adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etilmoqda.
Tadbir mehmonlari:
— Norqobil Jalil — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va publitsist;
— Gulbahor Saidg‘aniyeva — shoira, publitsist, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati;
— Anvarmirzo Qudratov — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, siyosiy fanlar bo‘yicha PhD, shoir.
O‘tkazilish vaqti va joyi: 13-oktabr, Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Uchrashuv davomida adabiyot, ijod, ma’naviyat va kitobxonlikning inson kamolotidagi o‘rni haqida samimiy muloqot bo‘lib o‘tadi.
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati