Buxoro davlat tibbiyot institutida muhim hamkorlik tashrifi
07.01.2026 2026-01-07 17:20Buxoro davlat tibbiyot institutida muhim hamkorlik tashrifi
⚡️Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari bilan institut rahbariyati o‘rtasida istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

➡️Tashrif doirasida O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktori Niyazbekov Saidmurod Saidrasulovich, ilmiy ishlarni tijoratlashtirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Aliyev Sunnatulla Salimdjanovich hamda Konchilik ishi va mineral xom ashyolarni chuqur qayta ishlash laboratoriyasi mudiri Daniyarov Berdax Tolibayevich ishtirok etdi.

💠Muzokaralar yakunida O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

✅Mazkur memorandum ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, uning doirasida qo‘shma ilmiy kengashlar, ilmiy-metodik seminarlar, konferensiyalar, trening kurslari, davra suhbatlari, ilmiy grant loyihalari hamda xo‘jalik shartnomalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

🫠Ushbu hamkorlik ilm-fan, innovatsiya va ta’lim sohasida yangi imkoniyatlarni yaratib, yosh olimlar va tadqiqotchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.