BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot institutida murabbiylar uchun seminar o‘tkazildi

murabbiylar uchun seminar1

Buxoro davlat tibbiyot institutida murabbiylar uchun seminar o‘tkazildi

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida murabbiylar faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish, shuningdek, ijara uylarda yashovchi talabalar uchun xavfsizlik qoidalariga rioya etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Seminarda institut rektori Shuhrat Teshayev hamda yoshlar masalalari bo‘yicha prorektor Zubayda Bahranova ishtirok etib, murabbiylarga amaliy ko‘rsatmalar berishdi, ularning faoliyatini yanada samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir davomida murabbiylar o‘z faoliyatida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan fikr almashdilar.