Buxoro davlat tibbiyot institutida Navoiyxonlik kechasi o’tkazildi
09.02.2024 2024-02-12 9:37Buxoro davlat tibbiyot institutida Navoiyxonlik kechasi o’tkazildi
Buxoro davlat tibbiyot institutida Navoiyxonlik kechasi o’tkazildi
Bugun, g‘azal mulkining sultoni, hazrat mir Alisher Navoiy tavalludiga 583 yil to‘ldi.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligiga bagʻishlab “Shoirlar shohiyu, Shohlar shoiri” ostida nazm va navo kechasi tashkil etildi. Tadbirni institut rektori Sh.Teshayev ochib berdi va yig’ilganlarni bayram bilan muborakbod etdi. Shuningdek, tadbirda so’zga chiqqan Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat ishlari prorektori Zubayda Bahranova hamda rektor maslahatchisi Ma’ruf Mahmudov el suygan buyuk bobokalonimizning har bir yaratgan asari asrlar davomida jahonning noyob adabiy durdonasi ekanligini ta’kidladi.
Kechada ijodkor talabalar tomonidan gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bag’ishlangan gʻazallaridan, ruboiy va asarlaridan namunalar aytildi.