BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI
20.10.2026 2026-10-20 20:00BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni institut rektori Shuhrat Teshayev ochib berib, ona tili milliy o‘zlik, ma’naviyat va qadriyatlarning ajralmas qismi ekanini ta’kidladi. Shuningdek, o‘zbek tilining nufuzini oshirish va yosh avlod qalbida ona tiliga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash muhim vazifa ekanini qayd etdi.




Tadbir doirasida respublika ko‘rik-tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan xalqaro talabani tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Xususan, “O‘zbek tili — qalbim tarjimoni” respublika tanlovida faxrli 3-o‘rinni egallagan institut talabasi, Hindiston fuqarosi Mazin Moyidinkutti (Mazin Moyidinkutti) institut rektori tomonidan samimiy qutlanib, munosib taqdirlandi.












Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati