Buxoro davlat tibbiyot institutida radiologiya sohasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi
03.05.2023 2023-05-25 11:42Buxoro davlat tibbiyot institutida radiologiya sohasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

Buxoro davlat tibbiyot institutida radiologiya sohasiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi
Institutda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar mavsumi davom etmoqda. Hafta boshida Akusherik va ginekologiya sohasida nufuzli ilmiy tadbir o‘tkazilgan bo‘lsa, kecha «Sovremennie aspekti innovatsiy v radiologii.


Nastoyashee i budushee» (“Radiologiyada zamonaviy innovatsiyalarning o‘rni. Bugun va kelajak”) mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda mahalliy olimlarimiz bilan birga Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlardan hamda mamlakatimizdan radiologlar jamiyatlari vakillari, respublikamiz hamda qator xorijiy davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlari, ilmiy markazlar olimlari hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Kirish so‘zi bilan chiqish qilgan institut rektori Shuxrat Teshaev o‘z nutqida, zamonaviy tibbiyotning MRT, UTT kabi tibbiy vositalar ajralmas qimsiga aylanganini hamda bunday vositalar bilan ishlash, radiologiya fani kelgusida albatta o‘z dolzarbligini yo‘qotmasligini alohida ta’kidladi.

Anjumanda radiologiya sohasidagi yangi texnologiyalarni klinik tibbiyotga joriy qilish, ularning ahamiyati va samaradorligi muhokama qilindi, bir qancha ma’ruzalar tinglandi. Ta’kidlash joizki, mazkur tadbir respublika va mintaqamizda nurli diagnostika va radiologiyani taraqqiy ettirish, malakali tibbiyot kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish hamda respublikamiz tibbiyot oliygohlari va ilmiy tekshirish markazlari xalqaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
