BuxDTI matbuot xizmati

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” TASHKIL ETILDI

d52c84fd-3de6-4cba-b059-d2206cad70d9

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” TASHKIL ETILDI

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida 2-bosqich talabalari hamda ularning ota-onalari ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
​Tadbirda 700 nafar talaba bevosita, ularning ota-onalari esa masofaviy (onlayn) shaklda qatnashdilar.
​Ochiq muloqot davomida talabalarning ta’lim intizomi, odob-axloq qoidalari, davomati, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda institut va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

​Uchrashuvning asosiy maqsadi — talabalar ta’lim-tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, mavjud masalalarni o‘rganish va ularni bartaraf etishda ota-onalar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati