BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot institutida Rossiyaning yana bir nufuzli universiteti bilan qo‘shma fakultet tashkil etiladi

Buxoro davlat tibbiyot institutida Rossiyaning yana bir nufuzli universiteti bilan qo‘shma fakultet tashkil etiladi1

Buxoro davlat tibbiyot institutida Rossiyaning yana bir nufuzli universiteti bilan qo‘shma fakultet tashkil etiladi

Yaqinda Prezidentimiz qarori bilan universitet maqomini olishi kutilayotgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro hamkorlik aloqalari kundan kunga rivojlanib bormoqda.
10 ga yaqin davlatlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari, rivojlangan tibbiyot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda malaka oshirish va stajirovkalar tashkillashtirilayotgani hamda xorijiy safarlar va ularning yuqori samaradorligi buni o‘zida aks ettirmoqda. 

Shu kunlarda Tyumen davlat tibbiyot universitetin rektori professor Petrov Ivan Mixaylovich boshchiligidagi delegatsiya institutda bo‘ldi.
Nufuzli mehmonlarni institut rektori professor Shuhrat Teshayev va prorektorlar kutib olib, zamonaviy qiyofada bunyod etilgan institut kampusi, axborot resurs markazi, xalq tabobati bo‘limi, Simulyasiya markazi va klinika binosi bilan tanishtirishdi.
Rossiyalik mehmonlar yaratilgan tibbiy ta’limni rivojlantirish imkoniyatlariga yuqori baho berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar kelgusida oliy tibbiy ta’limni rivojlantirish maqsadida qator kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi. Qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etish, stajirovka o‘tash, xalq tabobatini rivojlantirish, birgalikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Ma’lumi qilinishicha, yangi 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab, Buxoro davlat tibbiyot institutida Stomatologiya va davolash ishi yo‘nalishida Tyumen davlat tibbiyot universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etilib, talabalar qabul qilina boshlaydi.