BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Sport tadbirlari Talabalar hayoti

Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” harbiy-sport musobaqasi yuqori saviyada o‘tkazildi

To‘maris izdoshlari1

Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” harbiy-sport musobaqasi yuqori saviyada o‘tkazildi

✅Mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar, ayniqsa talaba-qizlar o‘rtasida vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, jismoniy chiniqish va harbiy tayyorgarlik ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

➡️Musobaqa davomida ishtirokchilar turli shartlar asosida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Jumladan:

🔹 saf tayyorgarligi

🔹 tezkorlik va chaqqonlik mashqlari

🔹 birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish

🔹 harbiy-amaliy topshiriqlar

➡️Qizlarimiz o‘zlarining jasorati, matonati va bilimlari bilan faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritdilar.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Bunday tadbirlar yoshlarimizni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularning Vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.