BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot institutida talabalarni bo’sh vaqtlari mazmunli tashkil etilmoqda

Talabaning bir kuni 1

Buxoro davlat tibbiyot institutida talabalarni bo’sh vaqtlari mazmunli tashkil etilmoqda

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari orasida talabalarning hayoti, o‘qish jarayoni, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport va boshqa tadbirlarda ishtirokini yoritish maqsadida “Talabaning bir kuni” mavzusida videoroliklar tanlovi e’lon qilingan edi.

Tanlov ishtirokchilarining mualliflik video materiallari taqdimotlari bo‘lib o‘tdi va hakamlar tomonidan baholandi. Tanlov natijalari Institutning ilmiy kengashida e’lon qilinib g‘olib va sovrindorlar diplom, sertifikat, “Recommendation letter” va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.