BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “TEBRANMAS YURAKLAR” NOMLI SAHNA KO‘RINISHI NAMOYISH ETILDI
16.10.2026 2026-10-15 21:57BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “TEBRANMAS YURAKLAR” NOMLI SAHNA KO‘RINISHI NAMOYISH ETILDI
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “TEBRANMAS YURAKLAR” NOMLI SAHNA KO‘RINISHI NAMOYISH ETILDI
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari tomonidan “Tebranmas yuraklar” nomli sahna ko‘rinishi namoyish etildi.
Talabalar o‘zlarining ijodiy mahorati, sahna madaniyati hamda obrazlarni yuksak darajada gavdalantirish qobiliyati orqali tomoshabinlarga unutilmas taassurot ulashdilar. Mazkur sahna asari insoniylik, mehr-oqibat va ma’naviy qadriyatlarni o‘zida mujassam etib, yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Ushbu ijodiy namoyish talaba-yoshlarning madaniy-ma’rifiy dunyoqarashini va sahna san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.








Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati