Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi
23.11.2023 2023-11-24 9:43Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi
2023 yil 23 noyabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida SERGEY ALEKSANDROVICH TEN xotirasining 90 yilligiga bag‘ishlangan “Zamonaviy morfologiya yutuqlari va ularning amaliy tibbiyotdagi o‘rni” nomli ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.





Mazkur xalqaro tadbir soha rivojiga muhim hissa qo’shgan taniqli olim, professor Sergey Aleksandrovich Ten tavalludining 90 yilligiga bag’ishlandi.
Anjuman ishida institutning xalqaro hamkorlari, jumladan, Rossiya, Ozarboyjon. Qozog’iston, Qirg’iziston, va Tojikiston kabi davlatlar va Toshkent, Andijon, Samarqand va boshqa viloyatlardagi nufuzli xalqaro va mahalliy oliy o‘quv yurtlaridan professor olimlar jamoatchilik tashkilotlari vakillari faol ishtirok etdi.





Anjuman ishtirokchilari morfologiya fani tarkibidagi muhim mavzulardagi ilmiy maqolalar va ma’ruzalar muhokamalarida ishtirok etishdi.




