Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro forum doirasida olimpiada o‘tkazilmoqda
17.02.2026 2026-02-23 15:22Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro forum doirasida olimpiada o‘tkazilmoqda
Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro forum doirasida olimpiada o‘tkazilmoqda
✅ Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Morfologiya va jarrohlik” mavzusida talabalar va yosh olimlarning xalqaro forumi boshlandi.



Mazkur forum doirasida tibbiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha fan olimpiadasi ham tashkil etilmoqda. Olimpiada quyidagi bosqich va yo‘nalishlarda o‘tkazilmoqda:
🔹 Akusherlik va ginekologiyada nazariya (II etap)
🔹 Neyroxirurgiyada nazariya (I etap)
🔹 Yurak-qon tomir jarrohligida nazariya (II etap)
🔹 Endoskopiyada nazariya (II etap)
🔹 Kattalar kardioxirurgiyasi: AKSh (III etap)
🔹 Abdominal jarrohlik I etap
🔹 Abdominal jarrohlik II etap
🔹 Funksional–dilatatsion traxeostomiya va Grigz usuli (IV etap)



Unda mamlakatimiz hamda qo‘shni respublikalardagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari ishtirok etmoqda.
Ishtirokchi talabalar birinchi bosqich — nazariy imtihonlarda test sinovlari orqali bilimlarini namoyon etmoqda. Ikkinchi, amaliy bosqichda esa jarrohlik ko‘nikmalarini ko‘rsatish maqsadida hayvonlarda jarrohlik amaliyotlarini bajarib ishtirok etmoqdalar.
Mazkur olimpiada talabalarning nazariy bilim va amaliy mahoratini baholash, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda xalqaro tajriba almashishga xizmat qilmoqda.

