BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Yuqumli kasalliklar sohasida xalqaro hamkorlik1

Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, Yevrosiyo yuqumli kasalliklar jamiyati “Yuqumli kasalliklar sohasida xalqaro hamkorlik: ilmiy yutuqlar, klinik amaliyot va profilaktikada innovatsiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur anjumanning ochilish marosimida Buxoro viloyati SSB boshlig‘i Xushnud Jalilov hamda institut rektori Shuhrat Teshayev so‘zga chiqib, ishtirokchilarni samimiy qutladilar va anjumanning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Anjuman doirasida institut rektori Sh.Teshayev xorijlik nufuzli mehmonlar — Chulanov Vladimir Petrovich, Utepbergenova Gulmira Alkenovna va Abuova Guljan Narkenovnaga institutning faxriy professori diplomini tantanali ravishda topshirdi.

Anjuman sho‘balarga bo‘lingan holda davom etmoqda. unda xorijlik va mahalliy olimlar, mutaxassislar hamda amaliyotchi shifokorlar ishtirok etib, sohaning dolzarb muammolari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etmoqda va ularni atroflicha muhokama qilmoqda.