Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
16.09.2025 2025-09-18 9:18Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
Buxoro davlat tibbiyot institutida xalqaro ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
Bugun Angliya Birmingem universiteti stomatologiya fakulteti katta o‘qituvchisi Vahid Ravaghi institutimizga tashrif buyurdi. Rektor Shuhrat Teshayev bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur tashrif doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalarga xorijiy tajribalarni joriy etish, qo‘shma loyihalar ishlab chiqish hamda ilmiy maqolalar tayyorlash borasida taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

Dr. Vahid Ravaghi kelgusida Buxoro davlat tibbiyot instituti Ortopedik stomatologiya kafedrasi bilan yaqindan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish va qo‘shma ilmiy dasturlarni amalga oshirish istagini bildirdi.

🔬 Hozirda ushbu universitetda institutimiz bitiruvchisi Kamol Arslonov El-yurt umidi jamg‘armasi ko‘magida doktoranturada tahsil olmoqda.
Bu tashrif kelgusida xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash, yosh olimlar va mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar ochish sari muhim qadam bo‘ldi.