BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA XALQARO TABIIY OFATLAR XAVFINI KAMAYTIRISH KUNIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
13.10.2026 2026-10-12 22:04BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA XALQARO TABIIY OFATLAR XAVFINI KAMAYTIRISH KUNIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA XALQARO TABIIY OFATLAR XAVFINI KAMAYTIRISH KUNIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
Kecha Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida 13-oktabr — Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni munosabati bilan ma’rifiy seminar tashkil etildi.
Tadbirda tabiiy ofatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, xodimlar va talabalarning xavfsizligini ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar oqibatlarini kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida ta’kidlanganidek, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir. Xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, profilaktik tayyorgarlik ko‘rish va doimiy ogohlik insonlar hayotini asrashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.




Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati