BuxDTI matbuot xizmati

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “XAVFSIZ TALABA” PLATFORMASINI JORIY ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

c5602449-00c2-431f-9727-4f83dc1046e7

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “XAVFSIZ TALABA” PLATFORMASINI JORIY ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa mutasaddi idoralar hamkorligida oliy ta’lim muassasalarida “Xavfsiz talaba” platformasini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
​Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar xavfsizligini ta’minlash, davomat nazoratini kuchaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda oliy ta’lim muassasalarida xavfsiz va sog‘lom ta’lim muhitini shakllantirishdan iborat.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida ham ushbu yo‘nalishda tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, talabalar xavfsizligini ta’minlash, institut hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
​Olib borilayotgan ishlar “Xavfsiz hudud” va “Xavfsiz talaba” tamoyillari asosida talaba-yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularning osoyishta ta’lim olishi uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati