BuxDTI matbuot xizmati

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA XAVFSIZLIK VA MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI

0fdcf4ce-a2c6-4e8d-9694-4587eecce537

BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA XAVFSIZLIK VA MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI

​2026-yil 20–21-oktabr kunlari Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida xavfsizlik qoidalariga rioya etish va mehnat muhofazasi bo‘yicha profilaktik hamda tushuntirish tadbirlari tashkil etildi.
​Jumladan, 21-oktabr kuni dekanlar, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachilari hamda ishchi-xodimlar ishtirokida talabalarning ijara va xususiy xonadonlarda xavfsiz yashashlarini ta’minlash, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish, is gazidan zaharlanishning oldini olish va isitish uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.​Tadbirda Buxoro shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori, katta leytenant Sardor Narzullayev hamda institutning moliya-iqtisodiyot prorektori Oybek Safarovich Sharipov ishtirok etib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.

​Shuningdek, 20-oktabr kuni institut rahbarlari va xodimlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari yakunida bilim va ko‘nikmalarni baholash imtihoni o‘tkazildi. Mehnat inspeksiyasi vakillari tomonidan tashkil etilgan sinovdan ko‘zlangan maqsad xodimlarning mehnat muhofazasi borasidagi bilimlarini mustahkamlash, ish joylarida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olishdan iborat.
​Mazkur tadbirlar institutda xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish, xodimlar va talabalar hayoti hamda salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati