Buxoro davlat tibbiyot institutida xorijlik bitiruvchilarga diplomlar topshirildi
02.06.2026 2026-06-06 11:32Buxoro davlat tibbiyot institutida xorijlik bitiruvchilarga diplomlar topshirildi
Buxoro davlat tibbiyot institutida xorijlik bitiruvchilarga diplomlar topshirildi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti mamlakatimizda xalqaro hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirib borayotgan nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda institutda dunyoning 20 dan ortiq davlatidan kelgan, 30 ga yaqin millat vakillari tibbiyot sohasining sir-asrorlarini puxta o‘zlashtirmoqda.
Bugun institutda Davolash ishi yo‘nalishi bo‘yicha 2020–2026-o‘quv yillarida tahsil olgan 90 nafardan ortiq Hindiston va Pokiston fuqarolari bo‘lgan talabalarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.



Tantanali tadbir institutning xalqaro hamkorlaridan biri bo‘lgan PeopleHive LLC kompaniyasi tomonidan tashkil etildi. Unda bitiruvchilar, ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar hamda mehmonlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan institut rektori Shuhrat Teshayev bitiruvchilarni muhim hayotiy bosqich bilan tabriklab, Buxoro davlat tibbiyot institutida olgan bilim va ko‘nikmalari ularning kelgusi kasbiy faoliyatida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.
Shuningdek, u xorijlik talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, institutning xalqaro maydondagi nufuzi hamda hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.


Marosim davomida bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Bitiruvchilar va ularning ota-onalari institut rahbariyatiga o‘z minnatdorliklarini bildirib, ta’lim jarayonining yuqori saviyada tashkil etilganini alohida e’tirof etdilar.
Mazkur tadbir institutning xalqaro ta’lim markazi sifatidagi nufuzini yana bir bor namoyon etib, turli davlatlar o‘rtasidagi ta’lim va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.

