BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot institutida yana bir xalqaro anjuman tashkil etildi

5646c76dd3fcb3bbafcd8

Buxoro davlat tibbiyot institutida yana bir xalqaro anjuman tashkil etildi

22-23 oktabr kunlari Boshqirdiston Respublikasi Ufa shahrida yuqumli kasalliklarning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan “Yuqumli kasalliklar fanlararo muammo─ kecha, bugun, erta” mavzusidagi Xalqaro anjuman Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi tibbiyot universitetlari va O‘zbekistonning Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi immunologiya va odam genomikasi instituti tomonidan tashkil qilingan. Bu anjumanda Xitoy Xalq Respublikasi, Buyuk Britaniya va qator mamlakatlar olimlari ishtirok etishdi. Anjumanda asosan yuqumli kasalliklarning dolzarb muammolari masalalari ko‘rib chiqildi.

Hozirgi paytda Dunyo miqyosida muammo bo‘lgan koronavirusli infeksiya-Covid -19 ,OIV-infeksiyasi, Gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalar hamda boshqa o‘ta xavfli infeksiyalar muammolari muhokama qilindi. Anjumanda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Sh.J.Teshaev anjuman qatnashchilarini kutlab, tabrikladi. Yuqumli kasalliklar,bolalar yuqumli kasalliklari va epidemiologiya kafedrasi xodimlari o‘z chiqishlari bilan faol ishtirok etishdi.