BuxDTI matbuot xizmati Yoshlar ittifoqi tomonidan o’tkazilgan tadbirlar

Buxoro davlat tibbiyot institutida Yoshlar forumi o‘tkazildi

photo_2022-06-27_11-53-43

Buxoro davlat tibbiyot institutida Yoshlar forumi o‘tkazildi

Kecha, 23 iyun kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markazi binosida Buxoro davlat tibbiyot instituti tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda forum tashkil etildi.
Unda institutda tag‘sil olayotgan mingdan ortiq iqtidorli, tashabbuskor va faol talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Dastlab, yurtimiz madhiyasi yangradi. Tadbir ochilishida so‘z olgan institut rektori Sh. Teshaev va prorektor Zubayda Baxronova talaba yoshlarni yaqinlashib kelayotgan 30 iyun Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.

Institutning talabalar ishtirokidagi mazkur Yoshlar forumi doirasida fan, sport, kasb-hunar to‘garaklari o‘tkazildi. Forumning yakuniy qismi ijodiy va badiiy kechaga aylandi. Unda talabalar tomonidan sahna asarlari, vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, pazanda va tikuvchi qizlarning ijod mahoratlari hamda shaxmat-shashka bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Bir so‘z bilan aytganda forum talabalarga Yoshlar kuni bayramiga tayyorgarlik vazifasini o‘tadi.