Buxoro davlat tibbiyot institutida Yoshlar kuni keng nishonlandi
02.07.2026 2026-07-02 11:03Buxoro davlat tibbiyot institutida Yoshlar kuni keng nishonlandi
30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida ochiq osmon ostida bayram tadbiri tashkil etildi. Unga institut talabalari, bitiruvchilari, ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar, jamoat vakillari hamda shahar aholisi ishtirok etdi.
Tadbir avvalida arab davlatlaridan kelib institutda ta’lim olgan bir guruh xorijlik bitiruvchilarga diplomlar topshirilib, ular shifokor qasamyodini qabul qildilar.
Bayram musiqiy chiqishlar, milliy va zamonaviy raqslar hamda sahna ko‘rinishlari bilan davom etdi.
Institut rektori, professor Shuhrat Teshaev ta’lim, ilm-fan, sport va jamoat ishlarida yuqori natijalarga erishgan talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning tashakkurnomalarini topshirdi.
Shuningdek, xalqaro va respublika miqyosidagi tanlov hamda musobaqalarda faol ishtirok etib, o‘qishdagi yutuqlari va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan bir guruh talabalar institutning Fakhriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbir yoshlarning yutuqlarini munosib e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va yangi marralar sari ruhlantirishga xizmat qildi.