BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar

Buxoro davlat tibbiyot institutida Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar

photo_2024-06-20_11-04-32

Buxoro davlat tibbiyot institutida Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Z.S.Baxranova va kafedra ma’naviyatchilari ishtirokida  2023-2024-o’quv yili davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligi, sohaga oida amalga oshirilgan ishlar, yo’l qo’yilgan kamchiliklar borasida yil sarhisobi yig’ilishi  bo’lib o’tdi.

Bunda muhtaram Prezidentimizning hamisha navqiron bo’lgan Buxoro shahriga  tashrifi yuzasidan belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida aholini sog’lom turmush tarziga yetaklash, ularning ham ma’nan ham jismonan baquvvat shaxs sifatida tarbiyalash va yetuk kadrlarni yetkazishda ma’naviy -ma’rifiy targ’ibotlarning o’rni va ahamiyati borasida fikrlar almashildi.

Har bir kafedra ma’naviyatchisi yil sarhisobi bo’yicha amalga oshirgan ishlari, sohaning rivoji uchun qo’shgan hissasiga alohida to’xtalib, ularning kelgusi yildagi amalga oshirmoqchi bo’lgan reja va maqsadlari belgilab borildi.

Yil davomida muvafaqqiyatli, samarali ish olib borgan ma’naviyat xodimlariga alohida tashakkur bildirilib, ularning mehnat  faoliyati o’rnak sifatida ko’rsatildi. Faoliyatida kamchiliklarga yo’l qo’ygan kafedralar o’rganilib, ularga yetarlicha reja-grafik asosida tushuncha va ko’rsatmalar berildi.

Yig’ilishda  kelgusi o’quv yilida  ma’naviy -ma’rifiy sohaning rivoji uchun istiqbolli rejalarni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqildi.