BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI
13.10.2026 2026-10-12 22:42BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI
11–oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur intellektual bellashuvda 55 ta jamoadan 300 nafardan ortiq talaba-qizlar ishtirok etib, o‘zlarining bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari va zukkoliklarini namoyon etdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan o‘yin yakunlariga ko‘ra:
— 1-o‘rin: “Dominant” jamoasi;
— 2-o‘rin: “Turkiya fakulteti” jamoasi;
— 3-o‘rin: “Dent Queens” jamoasi.



Ushbu musobaqa nafaqat bilimlar sinovi, balki talaba-qizlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda ilm-ma’rifatga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qildi.




Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati