BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot institutida Zakovat intellektual o’yini tashkil etildi.

zakovat 2

Buxoro davlat tibbiyot institutida Zakovat intellektual o’yini tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti kilinikasida Jadid bobolarimiz xotirasiga bag’ishlab, “Jadidchilik harakati namoyondalari va ularning faoliyati” mavzusida “Zakovat” intellektual o’yini o’tkazildi. Ushbu o’yinda Jadid bobolarimiz nomlari bilan nomlangan jamoalar o’zaro talabalar ishtirokida bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko’ra:
1-o’rin Ubaydullo Xo’jayev nomli jamoa;
2-o’rin Is’hoqxon Ibrat nomli jamoa;
3-o’rin Usmonxo’ja Рo’latxo’jayev nomli jamoalar egallashdi.

Shuningdek, 13 ta jamoalarning barchasiga eng bebaho sovg’a — kitoblar to’plamlari taqdim etildi.

G’oliblikni qo’lga kiritgan jamoalar Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat bo’limi hamda rektor maslahatchisi M.Mahmudov tomonidan diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.