BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YININING 3-TURI BO‘LIB O‘TDI
15.10.2026 2026-10-15 9:44BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YININING 3-TURI BO‘LIB O‘TDI
BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YININING 3-TURI BO‘LIB O‘TDI
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlar o‘rtasida bilim, tafakkur va mantiqiy fikrlashni sinovdan o‘tkazuvchi “Zakovat” intellektual o‘yinining 3-turi o‘tkazildi.
Murosasiz va qizg‘in kechgan bellashuvlarda jamoalar o‘zlarining bilim darajasi, tezkorlik va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Har bir savol-javob bosqichi talabalarning intellektual salohiyatini sinovdan o‘tkazish bilan birga, ularning mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirishga xizmat qildi.
Bunday intellektual bellashuvlar talaba-yoshlarning dunyoqarashini o‘stirish, ularda jamoada ishlash mahoratini shakllantirish hamda ilm-fan va ma’rifatga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.









Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati