BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot institutiga AQShlik mehmonlar tashrif buyurdi

photo_2023-04-29_10-47-07

Buxoro davlat tibbiyot institutiga AQShlik mehmonlar tashrif buyurdi

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Amerika Qo‘shma shtatlarining sent-Luis universiteti tibbiyot fakulteti Neyroxirurgiya kafedrasi dotsenti Filipp Mercier, ortopedik jarrohlik kafedrasi dotsenti Robert  Morgan va Toshkent shahrida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Farrux Karimov tashrif buyurdi.

BuxDTI ayni paytda mamlakatimizdagi OTMlar ichida xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish borasida yetakchi o‘rinda turadi. Institut ayni paytda 50ga yaqin xalqaro tashkilotlar bilan imzolangan memoriandum va shartnomalar bilan ishlamoqda. Bir nechta xorijiy davlatlardan 2000ga yaqin talabalar kelib tahsil olmoqda.   

Okean Ortidan tashrif buyurgan mehmonlar institut rektori Shuxrat Teshaev va prorektor Laziz Niyozov hamrohligida yaqinda foydalanishga topshirilgan institutning yangi kampusi, u yerda tashkillashtirilgan Simulyatsion markazda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy o‘quv va amaliy mashg‘ulot xonalariga yuqori baho berdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar kelgusida tibbiyot va tibbiy ta’lim yo‘nalishida kelgusida manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi.